Burunu Fernandesh Bekxemning 26 yillik rekordini yangiladi

Sport

image

Kecha, 15 mart kuni Angliya Premer-ligasida “Manchester Yunayted” jamoasi “Aston Villa”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Brunu Fernandesh Devid Bekxemning 26 yillik klub rekordini yangiladi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

O‘yinning gollari Kazemiro, Mateus Kunya va Benjamin Shesko tomonidan kiritildi. “Aston Villa” jamoa safida Ross Barkli gol urdi.

Uchrashuvda Brunu Fernandesh ikkita golli uzatmani amalga oshirib, Premer-liganing joriy mavsumida 16 ta golli uzatma muallifiga aylandi va 2000 yilda Bekxem tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Premer-liga tarixida bitta mavsumda golli uzatmalar bo‘yicha rekord Terri Anri va Kevin de Bryuynega tegishli bo‘lib, ular 20 uzatma bilan 2002-2003 va 2019-2020 mavsumlarida bu ko‘rsatkichni qayd etgan.

Ayni paytda “Manchester Yunayted” 54 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni mustahkamladi, “Aston Villa” esa 51 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda turibdi. 

Keyingi o‘yinda “Manchester Yunayted” joriy yilning 20 mart kuni safarda “Bornmut”ga qarshi maydonga tushadi, ikki kundan so‘ng esa “Aston Villa” “Vest Xem”ni qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” Prem'er-liga Devid Bekxem Brunu Fernandesh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing