Burundi Prezidenti vafot etdi

Olam

image

Burundi Prezidenti Per Nkurunziza 56 yoshida olamdan o‘tdi. U 2005 yildan beri mamlakatni boshqarardi. Bu haqda hukumat Twitter`da rasmiy axborot berdi.

“Burundi Respublikasi hukumati katta achinish bilan mamlakat Prezidenti Per Nkurunziza zoti oliylarining kutilmagan o‘limini ma’lum qiladi. O‘lim 8 iyun kuni yurak hurujidan sodir bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

May oyi oxirida davlat rahbarining rafiqasi Deniz Nkurunziza yangi koronavirus yuqtirishda gumon qilinib, Keniyada shifoxonaga yotqizilgandi. 

Burundida 20 may kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Nkurunziza qo‘llab-quvvatlagan nomzod Evarist Ndayishimiye g‘olib bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Burundi P'er Nkurunziza

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar