Bo‘ron sabab Trampning tashrifi bekor bo‘ldi
Olam
−
31 avgust 2019
4068AQSH Prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkelning taklifiga binoan Germaniyaga borishni niyat qilganini aytdi, ammo tashrif vaqti haqida aniq gapirmadi, deya xabar bermoqda TASS.
Amerika rahbari bu haqda Kemp-Devid qarorgohiga borishdan oldin Oq uydagi maysazorda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida gapirdi.
"Men keyinroq Polshaga jo‘nayman. Polsha bilan yaxshi munosabatdamiz. Va u yerga boramiz. Angela Merkel meni Germaniyaga taklif qildi. Qaysidir paytda biz bu tashrifni tayyorlaymiz", dedi Prezident.
Tramp 1 dan 2 sentyabrgacha Polshaga borishi kerak edi. 1 sentyabr kuni Amerika Prezidenti Ikkinchi Jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi deb taxmin qilingan edi. 2 sentyabr kuni Polsha rahbariyati bilan muzokaralar bo‘lib o‘tishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi xavfsizlik, iqtisodiy va energetika sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilish rejalashtirilgandi. Amerika rahbari bo‘ron tufayli rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi.
LiveBarchasi