Burak O‘zchivitning O‘zbekistonga kelishi qanchaga tushgani ma’lum qilindi
Madaniyat-san’at
−
18 fevral 2019
48706Bir necha kun avval taniqli aktyor Burak O‘zchivit O‘zbekistonga tashrif buyurganidan xabaringiz bor. Aktyor mamlakatga safari davomida 2 million turk lirasi, ya’ni 376 ming 258 AQSH dollari miqdorida pul ishlab oldi. Bu haqda Turkiya nashrlari yozmoqda.
Turk nashrlarida O‘zchivit 14 fevral kuni 2 soatlik kechki ovqatda ishtirok etish uchun 2 million lira oldi, deb yozilmoqda. Holbuki aktyor 3 kun davomida O‘zbekistonda bo‘lgan va “Olmazor business city”ning reklamalarida suratga tushgan.
“Olmazor Business City” Toshkent shahrining Kichik xalqa yo‘li va Yangi Olmazor ko‘chalari kesishmasida qad rostlashi mo‘ljallangan markazlardan biri hisoblanadi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi “Respublika hududlarida “Business City” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3895-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, jami 24 gektarli maydonni o‘z ichiga oladi.
“Olmazor Business City”da amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasining investori bo‘lib-Turkiyaning “Mesa”kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Ozun Tashkent Construction” xorijiy kompaniyasi hisoblanadi. Loyiha dizayni Turkiyaning “IKI DESIGN” me’morlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihaning akustika qismi “MEZZO Studio” kompaniyasi, landshaft dizayn qismini ishlab chiqishga “SPIGA” kompaniyalari jalb etilgan.
LiveBarchasi