“Buni jazosi pul, tanish-bilish ko‘p”. YPX qo‘liga tushgan mast ayol tomosha ko‘rsatdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida erini ortidan poylab chiqqan mast ayol boshqaruvida bo‘lgan Spark Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Tabiiyki, ayol o‘zi mast bo‘lsa ham aybini tan olish o‘rniga xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarga o‘dag‘ayladi. Bu haqda “Uzreport” telekanali xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 yanvar kuni 21:30 larda Ohangaron shox ko‘chasida chorrahadan qizil chiroqda o‘tgan Spark rusumli avtomobil Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Avtomobil haydovchisi esa YPX xodimlari mashina oldiga kelgunga qadar uddaburonlik bilan yon o‘rindiqqa o‘tib olgan. Biroq mashina ichida haydovchidan boshqa hech kim yo‘qligi body-kamera va videoregistratorga muhrlangan. 

Ma’lum qilinishicha, rulda bo‘lgan ayol mashinani o‘zi boshqarganini tan olmagan. YPX xodimlari ayoldan ichgan yoki ichmaganini so‘raganda, “men ichgan bo‘lgan taqdirimda ham rulda emasman-ku”, deya javob bergan. Mashinani kim boshqargani so‘ralganda esa eri bo‘lgani va yo‘lning narigi tomoniga o‘tib, kalit olgani Qorasuvga ketganini ta’kidlagan. 

Shundan so‘ng, ayol YPX xodimlarining mashinasida tibbiy ekspertizaga olib borilgan. Ammo u mast ekanligini tan olib, ichkariga kirmasdan o‘zi ariza yozib berishi mumkinligini, erining ortidan poylab rulga mast holda o‘tirishga majbur bo‘lganini aytgan.

“Shunaqa bo‘lib qoldi, mayli xohlasa “oformit” qilsin. Buni jazosi pul, bo‘ldi boshqa hech narsa emas. “Lishyon” qiladi, mayli. Tanish-bilish ko‘p”, deydi ayol.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

619

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing