“Bunyodkor” stadioniga boruvchi muxlislar ogohlantirildi

Sport

image

Bugun, 20 mart kuni O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari JCH saralash bahslari doirasida o‘zaro uchrashadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) hamda Toshkent shahar IIBB ushbu o‘yinni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan muxlislardan jamoat tartibiga qat’iy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘radi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

“Maydonga tushish qat’iyan man etiladi! Avvalgi uchrashuvlardan birida OFK tomonidan belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, maydonga yugurib chiqqan va shu orqali tartibsizlik yuzaga keltirgan muxlislarga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan ma’muriy hamda moddiy jazo qo‘llanilgani haqida eslatib o‘tmoqchimiz. Futboldan zavq olib, qoidalarni buzmay, stadionda faoliyat olib boradigan yuzlab insonlar mehnatini hurmat qilib, yuqori kayfiyatda uchrashuvga kelib-ketishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi manba xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘yini Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. O‘yin JCH saralashining 3-bosqich 7-turi doirasida o‘tkazilmoqda. Saralashning mazkur bosqichi 3 ta turdan keyin yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Bunyodkor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing