“Bunyodkor” stadioni oldida nimalar bo‘ldi? MG va IIB kimyoviy vositalardan foydalandimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan “Bunyodkor” stadioni kassalari oldida Osiyo chempionatining final o‘yiniga chipta sotib olish uchun kelgan fuqarolarni haydash uchun Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari ko‘zdan yosh chiqaruvchi gazdan foydalanilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Milliy gvardiya Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, chipta sotib olish mobaynida fuqarolar bir-birini hurmat qilmagani sababli tartibsizlik yuzaga kelgan.

“Ushbu hududda xizmat olib borayotgan xodimlar jamoat tartibini saqlanishini talab qilgan va ayrim fuqarolar tartibga chaqirilgan, lekin hech qanday kuch ishlatish yoki maxsus vositalardan foydalanish holatlari bo‘lmagan. 

Fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, tez orada ular tarqatildi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida, ertaga, 19 iyun kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogi U-23ning final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoni U-23 termasiga qarshi maydonga tushadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyun kuni U-23 Osiyo kubogining chorak finali doirasidagi O‘zbekiston-Iroq o‘yinini yoritishga borgan “Sevimli” telekanali tasvirchisi hamda jurnalisti kaltaklangandi. Ularni ichki ishlar hamda Milliy gvardiya xodimlari kaltaklagani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

702

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing