“Bunyodkor”ga byudjetdan 5 milliard so‘m ajratildi
Sport
−
15:09 2772 1 daqiqa
Toshkentning og‘ir moliyaviy inqirozga kirib qolgan futbol klubi “Bunyodkor”ga davlat tomonidan 5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ–107-sonli “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Bunyodkor” futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratilgan.
Klub rahbariyati ushbu amaliy yordam uchun mamlakat rahbariyati va hukumat rasmiylariga minnatdorlik bildirgan.
Shuningdek, “Bunyodkor” jamoasi Superliganing navbatdagi uchrashuvlariga reja asosida tayyorgarlikni davom ettirayotgani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bunyodkor” moliyaviy qiyinchiliklar sabab Superliganing navbatdagi safar uchrashuviga bora olmasligini ma’lum qilgan edi. Natijada jamoaga “Qizilqum”ga qarshi o‘yin uchun texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Live
Barchasi