Bunday martaba va natijalarga erishishni tasavvur ham qilmagandim – Messi

Sport

image

“Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi “France football” nashri tomonidan taqdim etiladigan “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgani haqida fikr bildirdi.

“Bu yerda yana bo‘lish va ushbu lahzalardan zavqlanish juda yoqimli. Jahon chempionatida g‘alaba qozonganimdan va orzumni amalga oshganidan xursandman. Men bunday martaba va natijalarga erishishimni tasavvur ham qilmagandim. Tarixdagi eng yaxshi jamoaning bir qismi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lganimdan mamnunman”, deydi Messi.

Ta’kidlash joiz, Messi sovrin uchun kurashda “Manchester Siti” a’zosi Erling Xoland va PSJ hujumchisi Killian Mbappeni ortda qoldirdi.

Bu sovrin argentinalik uchun faoliyatidagi 8-Oltin to‘p bo‘ldi. Shu vaqtga qadar hech kim “Oltin to‘p”ni argentinalik hujumchidan ko‘ra ko‘proq qo‘lga kiritmagan. Messi nufuzli mukofotga 2023 yildan tashqari 2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019 va 2021 yillarda ega chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Oltin to'p Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made