Bunday Grizmann bilan “Barselona” yanada xavfli bo‘ladi – Kuman

Sport

image

“Barcyelona” bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya kubogining chorak finalida “Granada” ustidan 5:3 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ajoyib uchrashuv, aql bovar qilmaydigan o‘yin. O‘ylaymanki, biz yaxshi o‘ynadik. Barchasini ancha oldinroq tuzatishga imkoniyatimiz bor edi (o‘yinning 88-daqiqasiga qadar “Barselona” “Granada”dan 2 ta gol farqi bilan ortda borayotgan edi – tahr.)

Ikkinchi bo‘limning so‘nggi besh daqiqasida biz ikkita gol urdik, qo‘shimcha vaqt esa aql bovar qilmaydigan bo‘ldi. Darvozamizga qo‘yilgan penaltida nohaqlik bormidi yoki yo‘q, buni bilmayman, ammo jamoa xarakter namoyish etdi. Bugungi kunda ta’kidlash kerak bo‘lgan birinchi narsa shudir”, deydi Kuman.

Jamoa bosh murabbiyi, shuningdek, Antuan Grizmann unga har doim omad hamroh bo‘lishi va vaziyatni o‘zgartirish uchun ko‘p mehnat qilganini alohida e’tirof etib, bunday Antuann bilan “Barsa” yanada xavfli bo‘lishini ta’kidlagan.

Grizmann ushbu o‘yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Fransiyalik hujumchida 2021 yil hisobiga ko‘ra, 7 ta gol va 6 ta golli pas bor.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Grizmann Kuman

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing