Bulung‘urdagi kiyim bozorida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan kiyim bozorlardan birida yong‘in yuz berganligi haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, yong‘in kecha, 31 avgust kuni soat 23:16 da tumanning “Amir Temur” MFY Bulung‘urshoh ko‘chasida joylashgan, “Bulung‘ur buyum savdo kompleksi” MCHJga qarashli ikki qavatli savdo do‘konlarida sodir bo‘lgan. 

Voqea joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Qariyb 2 soat davom etgan yong‘in soat 01:26 da o‘chirilgan. 

Oqibatda binoning ikkinchi qavatida bo‘lgan, “Bulung‘ur buyum savdo kompleks” MCHJga qarashli 5 ta va unga tutash bo‘lgan 15 ta savdo do‘konlari zararlangan. Jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Hozirda yong‘ining kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda. Mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etyapti. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ishtixon tumanidagi oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari sotiladigan ochiq savdo rastasida yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing