“Bo‘laveradi deb yashayveradi, tahlil qilmaydi, televizor ko‘rmaydi”. Prezident amaldorlarni tanqid qildi
Jamiyat
−
18 avgust 2023
8534O‘zbekistonda bir oy ichida 200 nafardan ortiq mansabdorlar ishdan bo‘shatildi. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotida ma’lum qildi.
“Bir oy ichida 200 nafardan ko‘proq rahbarni ishdan oldik. Nimaga? Aravani tortmayapti. Nimaga? Bugungi hayotga munosib emas. Bo‘laveradi deb yashayveradi. Tahlil qilmaydi, televizor ko‘rmaydi. Dunyoda nima bo‘lyapti, qanday raqobat bosib kelyapti, raqobatga qachon mos bo‘lamiz, degan savolga javob topmayapti. Shuning uchun biz ular bilan xayrlashishga majbur bo‘lyapmiz”, deydi Prezident.
Bundan tashqari, tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Prezident yoshlarga motivatsiya berdi.
“Tadbirkorlik juda og‘ir. Ular bilan gaplashsangiz, eksport qilish, bozor topish azob deydi. Ular ko‘p o‘z ustida ishlaydi. Dunyoni kezib, o‘rganib keladi. Ularga ta’zim qilib, rahmat deyman. Siz tadbirkorlarga havas qilib, har kuni o‘z ustingizda ishlang. Motivatsiya faqat bilim. Izlanishdan, o‘zingizni qiynashdan charchamang. Shunda Prezident sizni har doim qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev oyligini oqlamayotgani va tadbirkorlar undan noroziligini aytgandi.
LiveBarchasi