Buxoroning sobiq bosh imom-xatibi vafot etdi
Jamiyat
−
18 iyul 2020
30760O‘zbekistonlik taniqli domla Mansur hoji Azimxon o‘g‘li Nurullayev vafot etdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi.
Mansur domla Nurullayev Mir Arab madrasasi va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ta’lim olgan. Mehnat faoliyati davomida Buxoro viloyati Kogon tumani bosh imom-xatibi, “Bahouddin Naqshband” jome masjidi imom-xatibi va Buxoro viloyati bosh imom-xatibi vazifalarida xizmat qilgan.
So‘nggi yillarda o‘zining ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida Tatariston Respublikasidagi Bulg‘or Islom akademiyasini tamomlagan edi.
LiveBarchasi