Buxorolik kiberfiribgar ushlandi
Jamiyat
−
16 yanvar 2023
24753Ijtimoiy tarmoqda “kreditga tilla va brilliantlar beramiz” deb odamlarni chuv tushirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi, bir nechta fuqarodan Ichki ishlar bo‘limiga bir xil mazmundagi murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatchi fuqarolar Telegram’da “Kreditga tilla va brilliantlar” nomli guruhga a’zo bo‘lib, tilla taqinchoqlar olish istagini bildirganida, guruhdagi bir ayol kreditga tilla taqinchoqlar sotishini taklif qilib, o‘zining bank karta raqamlariga boshlang‘ich to‘lovni o‘tkazib berish kerakligini aytgan. Fuqarolar talab qilingan pullarni o‘tkazib berganidan so‘ng yozishmalarning barchasi o‘chirilgan va ular firibgarlar tuzog‘iga tushganini anglab yetgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan shaxs avval ham shu turdagi jinoyatni sodir etib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi