Buxorolik 13 yoshli qizni cho‘lda to‘rt kishi zo‘rlagani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda 13 yoshli qiz cho‘lda 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi. 

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, qiz akasining oilasi bilan birga yashagan. Qizning kelinoyisi uni begona erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majbur qilib kelgan. 

Qiz doimiy tarzda erkaklar tomonidan zo‘rlanib kelgan. Kelinoyisi uni yana 4 nafar erkak qo‘liga topshirgan. Erkaklar esa qizni cho‘ldagi kulbalardan biriga majburlab, olib borishgan. Haydovchidan tashqari, uch nafar erkak 13 yoshli qizni navbatma-navbat zo‘rlagan.

Ushbu holatni Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov tasdiqladi.

Unga ko‘ra, holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu modda bilan shaxs o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Shuningdek, ushbu jinoyatga aloqador shaxslar keng doirasini aniqlash ishlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing