Buxorodan Toshkentga olib kelinayotgan 1 tonna yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi
3-sahifa
−
16 mart 2023
5433Buxoro viloyatidan 1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘shtlarni Toshkentga olib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14 mart kuni soat 02:20 da Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Samarqand” yo‘l patrul xizmati maskanida “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan buxorolik U.B. boshqaruvida bo‘lgan GAZ rusumli avtotransport vositasining yukxonasida jami 1000 kg lahm go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.
Aniqlanishicha, avtomobil yukxonasiga ortilgan go‘sht mahsulotlari veterinariya-sanitariya hujjatlarisiz, suyakdan ajratilgan, yirik shoxli molga tegishli bo‘lgan.
Ushbu go‘sht mahsulotlari Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi ekspertiza laboratoriyasining joriy yil 14 mart kunidagi xulosasiga ko‘ra, iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng, go‘sht mahsulotlari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilingan.
“Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi