Buxorodagi uyida jangovar qurol va o‘q-dorilar saqlagan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
17 may
6963Buxoroda 3 dona Makarov va 1 dona TT pistoleti hamda o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida poytaxt hududida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, Buxoro shahrida tug‘ilgan bir nechta shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ularning doimiy yashash manzillarida jangovar qurol va o‘q-dorilar borligi aniqlangan.
Jumladan, 1973 yilda tug‘ilgan shaxsning Buxoro shahridagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uyning tom qismiga yashirib qo‘yilgan 3 dona Makarov pistoleti va 21 dona patroni, 1 dona TT pistoleti va 5 dona patroni hamda 1 dona tovushni pasaytiruvchi qurilma (glushitel) protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Aniqlanishicha, mazkur shaxs jinoiy sheriklari bilan birgalikda, ushbu qurollarni va o‘q-dorilarni muqaddam Rossiya Federatsiyasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelgan.
Sudga oid ballistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qurollar va o‘q-dorilar jangovar holatda bo‘lib, foydalanishga yaroqli hisoblanadi.
Bundan tashqari, ulardan birining xonadonidan qirqma holatiga keltirilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 2 dona ov miltig‘i hamda 6 dona o‘q-dori tegishli tartibda olingan.
Hozirda Jinoyat kodeksining 246 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi