Buxorodagi tumanlarning biriga yangi prokuror tayinlandi
Jamiyat
−
26 aprel 2021 10639 1 daqiqa
Adliya kichik maslahatchisi Sardor Iskandarovich Sharipov Olot tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan amalga oshirilgan.
Sardor Sharipov tayinlovga qadar Buxoro viloyati Qorako‘l tuman prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 yanvar kuni Mahmud Shuhratovich Istamov Buxoro viloyatining prokurori etib tayinlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025