Buxorodagi maktab qurilish ishlarida millionlab mablag‘ talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati Peshku tumani umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi qurilish-montaj ishlaridagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Peshku tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, 2020 yil manzilli dasturiga kiritilgan 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “B.” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari o‘rganilgan. 

Unda jamiyat rahbarlari tomonidan tuzilgan dalolatnomada ko‘rsatilgan har biri 210 ming so‘mlik 496 dona “LED LZN Megalux” elektr chiroqlari o‘rniga, donasi 40 600 so‘m bo‘lgan 496 dona “LED 6500K JA” elektr chiroqlari o‘rnatilib, 84 mln so‘m byudjet mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari O.B. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi va 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing