Buxorodagi xonadondan Afg‘oniston fuqarosiga tegishli 54 kg “opiy” topildi
3-sahifa
−
29 yanvar 2022
12117Buxoroda Afg‘oniston fuqarosi tomonidan sotish maqsadida yashirilgan 54 kg “opiy” giyohvandlik moddasi aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20 yanvar kuni Tojikiston IIVdan Afg‘oniston fuqarosi 60 kg “opiy” giyohvandlik moddasini 360 ming AQSH dollariga baholab, Buxoro viloyatida sotish uchun xaridor izlayotgani haqida ma’lumot olingan. Axborotni tekshirish uchun IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlaridan iborat tezkor guruh Buxoro shahriga yuborilgan.
Tezkor guruh “Abu” ismli shaxs giyohvand moddasi namunasini Buxoro shahr Alpomish ko‘chasida joylashgan mehmonxona oldidagi tandirga yashirganini o‘rgangan. 21 yanvar kuni tezkor guruh kelishilgan joydan 39 gram “opiy” giyohvandlik vositasi hujjatlashtirib olinib, voqea joyida kuzatuv ishlari davom ettirilgan.
Kuzatuv joyida o‘zini shubhali tutgan shaxs ushlangan va “opiy” namunasini u joylashtirganini tan olib, moddaning qolgan qismi uyida ko‘mib qo‘yilganini aytgan. Uning uni tekshirilganda ikkita alyumin idishga yashirilgan 54 kg “opiy” moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Dastlabki surishtiruv davomida giyohvand moddasini gumonlanuvchiga oldindan tanish bo‘lgan Afg‘oniston fuqarosi joriy yilning 14 yanvar kuni 13 tonna kartoshka orasida Buxoroda sotish uchun yetkazib bergani, moddalarni saqlashi evaziga har bir kilosi uchun 50 dollardan berishni va’da qilgani aniqlangan. Molning egasi xaridor yuborishini bildirgan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv haraktlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi