Buxoroda yerni rasmiylashtirish uchun 300 dollar so‘ragan mas’ul ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida "E-IJRO AUKSION" orqali sotib olingan yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun firibgarik qilgan hodim ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar berdi.

Holat Departamentning Vobkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.   

Unga ko‘ra, "Yermulkkadastr" davlat korxonasi "Bir oyna" bo‘limi boshlig‘i J.G. fuqaro R. ni auksionda sotib olgan yer hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun 300 AQSH dollari so‘ragan. So‘ragan pulidan 100 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.   
 
Aniqlanishicha, fuqaro R. "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion orqali sotib olgan 2,6 sotix yer maydoni bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan J.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing