Buxoroda yangi tug‘ilgan chaqaloq 1000 AQSH dollarga baholandi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida yosh qiz o‘z chaqlog‘ini pullashga harakat qildi. Bu haqida O‘zbekiston Oliy sudi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Buxorodan Toshkentga kelgan Nodira (ismlari o‘zgartirildi) ismli fuqaro tanishi Komildan farzand kutayotgani ma’lum bo‘lgach, ota boladan voz kechadi. O‘z otasini bu ishdan xabar topishini istamagan Nodira onasining taklifi bilan bolani sotishga harakat qilgan. Bu ishda ularga Zilola ismli ayol yordam berib, chaqaloqqa mijoz topib berishni aytadi. 

Ma’lum vaqtdan so‘ng go‘dakni 1000 AQSH dollariga pullayotgan Nodira va uning onasi huquqni muhafoza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

402

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing