Buxoroda XVIII asrga oid tarixiy obida topildi
Madaniyat-san’at
−
22 may 2021
12708Buxoro shahridagi Imom Al-Buxoriy mahallasi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida, mahallaning Mirza G‘afur ko‘chasida yer tagida qolib ketgan tarixiy obida topildi.
Xabarlarga ko‘ra, topilgan tarixiy obida XVIII asrga oid karvonsaroy, yoki madrasa ekanligi taxmin qilinmoqda. Topilmaning ikki metrdan ortiq qismi qum ostida qolib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda tarixiy bino ikki qavatdan iborat bo‘lib, birinchi qavati saqlab qolinmagan. Faqatgina ikkinchi qavatdan yettita vayronaga aylangan hujra topilgan.
Sardor Nurmatov
LiveBarchasi