Buxoroda to‘rtta bog‘cha va bir kollej karantinga olindi
Jamiyat
−
05 iyul 2021
4546Buxoroda joriy yilning 5 iyul holatiga ko‘ra, 4 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va pedagogika kolleji 14 kunlik karantinga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 4 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 22 nafar xodimlarida va Buxoro shahridagi pedagogika kollejining 3 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Buxoro viloyatida 440 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.
LiveBarchasi