Buxoroda talaba qiz “musorovoz” g‘ildiraklari ostida vafot etdi
3-sahifa
−
07 noyabr 2023
17418Buxoro viloyati Buxoro shahrida chiqindi tashuvchi yuk mashinasi talaba qizni bosib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Shuhrat Jalolov QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, bugun, 7 noyabr kuni soat taxminan 08:30 larda Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida Buxoro davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi bo‘lgan qiz chiqindini tashlash uchun kelgan vaqtida “Maxsusavtoxo‘jalik” MCHJning 42 yoshli haydovchisi uni payqamasdan bosib ketgan.
“Musorovoz” yuk qutisini bo‘shatib, ikkinchisi tomonga harakatlanayotgan vaqtida mashinaning old tomonidan o‘tib ketayotgan qizni bosib qolgan. Qiz past bo‘yli bo‘lgani uchun yuk mashina kabinasiga juda yaqin kelgan vaziyatda haydovchi uni ilg‘amay qolgan va mashinani ustiga haydab yuborgan. Qiz voqea joyida vafot etgan”, deydi Shuhrat Jalolov.
Axborot xizmati boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi