Buxoroda suv ta’minoti tiklandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasidan o‘tuvchi markaziy ichimlik suvi quvurida nosozlik yuzaga kelgani tufayli shahar aholisining ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.

Buxoro viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni vaqtda shaharda suv ta’minoti tiklangan.

“Buxoro suv ta’minoti” MCHJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan avariya-tiklash ishlari natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan shisha tolali hobus diametri 700 mm bo‘lgan po‘lat quvurga almashtirilgan. 

“Bugun, 12 iyun kuni ta’mirlash ishlari yakunlanib, ayni paytda Buxoro shahrining barcha hududlarida ichimlik suvi ta’minoti to‘liq qayta tiklandi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing