Buxoroda puliga “kuygan” erkak bolasining ko‘z o‘ngida o‘zini yoqib yubordi
3-sahifa
−
03 fevral 2022
30969Joriy yilning 1 fevral kuni Buxoroda qurilish korxonasidan pulini ololmagan erkak o‘zini yoqib yubordi. Bosh prokuror Matbuot kotibi Hayot Shamsiddinovga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Buxoro viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, 2022 yil 1 fevral kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasining navbatchilik qismiga fuqaro F.H. o‘zini yoqib, tan jarohati olib, RSHTYOIM Buxoro filialiga murojaat qilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga viloyat prokurorining o‘rinbosari, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i, Buxoro shahar prokurori va IIO FMB boshlig‘i hamda tergov - tezkor guruhi borgan. Unda Peshko‘ tumanida yashovchi F.H. 2021 yil mart oyida quruvchi R.Sh.ga uy olish maqsadida 150 mln so‘m pul mablag‘larini bergani aniqlangan.
Ammo R.Sh. uyni rasmiylashtirib bermagani sabab, pul mablag‘larini qaytarishni so‘rab, 2022 yil 1 fevral kuni takroran murojaat qilgan. R.Sh.dan rad javobini olinganidan so‘ng, shu kuni soat 14:10 larda Buxoro shahar, “Furqat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘zini ustidan benzin sepib, yoqib, o‘z joniga suiqasd qilgan.
“To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, F.H. o‘zini yoqib yuborgan paytida yonida o‘g‘li Z.A. bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Tibbiyot muassasasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, F.H tanasining 50 foiz qismi kuygani ko‘rsatilgan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
LiveBarchasi