Buxoroda ona bolasini muttasil kaltaklab kelgani aniqlandi
3-sahifa
−
15 yanvar 2024 8846 1 daqiqa
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ayol 2018 yilda tug‘ilgan bolasini qariyb ikki yil davomida davomli kaltaklab kelgani aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.
Bolalar ombudsmani kotibiyatiga fuqaro L.Z.dan Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab, qiynab kelayotgani bayon etilgan murojaat va bu holatga oid video materiallar kelib tushgan.
Shofirkon tumani ichki ishlar organlari olib borgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, S.N. o‘z farzandi 2018 yilda tug‘ilgan S.F.ni beshikka bog‘lagan holatda tayoq va boshqa jismlar bilan muttasil ravishda uzoq vaqt davomida (2022 yilning mart oylaridan 2023 yil noyabr oyigacha) kaltaklab, qiynab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan S.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi, “a,v” bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo‘lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Shofirkon tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Mazkur holat bo‘yicha bolaning manfaatlari ishonchli ta’minlanishi yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025