Buxoroda OITSni odamlarga qasddan yuqtirgan erkak va ayol aniqlandi
Salomatlik
−
10 mart 2023
16433Buxoro viloyatida OITS va OIV infeksiyasini qasddan boshqalarga yuqtirgan 2 nafar fuqaro aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro shahar Gazlishoh ko‘chasida yashovchi shaxs viloyat OITSga qarshi kurashish markazida 2009 yil 24 fevral kuni OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, rasman ogohlantirilgan. U fuqarodan tilxat olinganiga qaramasdan betartib jinsiy hayot kechirib, 2020 yil yoz oylaridan hozirgi kunga qadar boshqa bir ayol bilan yaqin munosabatlarda bo‘lganligi aniqlangan.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan ayol 2020 yil 13 fevralda OIV infeksiyasi yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, unga boshqa shaxslarga yuqtirgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida tegishli tartibda ogohlantirilgan. Ammo 2022 yil avgust oyidan dekabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Buxoro tumani hududida joylashgan cho‘l zonasida 4 nafar fuqarolar bilan birga bir necha marotaba jinsiy aloqada bo‘lgan.
Yuqoridagi har ikki holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi