Buxoroda Nexia va Damas to‘qnashdi. Ikkala mashina ham g‘ijimlanib qoldi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida Nexia va Damas rusumli avtomobillar to‘qnashishi oqibatida 2 nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi viloyat hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega A-380 G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beynov avtomobil yo‘lining 240-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia rusumli avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Damas bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Damas avtomobilining 2 nafar yo‘lovchisi olgan og‘ir tan jarohati sabab shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Nexia va Matiz to‘qnashishi oqibatida, Matiz avtomibili ag‘darilib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing