Buxoroda Mudofaa bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida Mudofaa bo‘limi boshlig‘i 100 AQSH dollari va 12 bosh kurka bolalarini pora tariqasida olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qorako‘l tumani Mudofaa bo‘limi boshlig‘i 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro Y.O. xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiiste’mol qilgan.

Viloyat mudofaa boshqarmasi safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘limi noziri vazifasiga ishga joylashtirganligi uchun ta’magirlik qilib, o‘zining Qorako‘l tumani Chekirchi mahallasida joylashgan xonadonida kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSH dollari va 12 bosh kurka bolalarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda prokuraturlar, bojxonachi va MIB xodimi pora bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

555

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing