Buxoroda masjid hududidagi o‘nga yaqin daraxt qo‘porib tashlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxorodagi qurilishi boshlanayotgan maydonda bir qancha daraxtlarning kesilgani aks etgan suratlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati ma’lumotlarni ochiqladi.

Izohga ko‘ra, Buxoro shahridagi “Pridastgir” jome masjidi hududida tahoratxona qurilishi ishlari olib borilayotganligi tufayli daraxtlar kesilgan. Bunda qurilish ostiga tushgan yer maydonidan 8 dona mevali hamda 1 dona manzarali daraxtlar o‘zboshimchalik bilan kesilganligi aniqlangan. Oqibatda tabiatga yetkazilgan zarar 8,5 mln so‘m hisoblangan.

Ushbu holat yuzasidan masjidning mas’ul xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risaidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 650 ming so‘m jarima solingan

Shuningdek, kesilgan daraxtlar o‘rniga iqlim sharoitiga mos manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish va parvarish qilish bo‘yicha masjid bosh imomiga majburiyat yuklangan.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati Beshariq tumani “Andarxon” chegara posti yonida manzarali 3 tup tol hamda 9 tup archa daraxtlari noma’lum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda ildiz qismidan qo‘porilib tashlangandi

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda daraxt va butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazganlik uchun jarima miqdorlari oshirilgan edi. 3 may kuni Oliy Majlis Senatining qirqinchi yalpi majlisida noqonuniy daraxt kesganlik yoki kundakov qilganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 4 ta moddasida javobgarlik belgilangan. Mazkur moddalarda bir xil ma’muriy huquqbuzarlik uchun turli miqdordagi jarimalar va nomutanosiblik mavjudligi inobatga olinib, o‘zgartishlar orqali bir turdagi ma’muriy huquqbuzarlikka nisbatan bitta moddada bir xil javobgarlikni belgilash nazarda tutilgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing