Buxoroda kuchli shamol uy tomini uchirib yubordi
Jamiyat
−
21 fevral 4296 2 daqiqa
Buxoro viloyatining ayrim joylarida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida 3 qavatli uy tomidagi qoplama qulab tushdi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha 20 fevral kuni kechki payt Buxoro viloyati hududining ayrim joylarida kuchli shamol kuzatilgan. Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro shahar “F.Xo‘jayev” mahalla fuqarolar yig‘ini “Afrosiyob” ko‘chasida 3-qavatli uy tomining 60 kvadrat metr tunuka qoplamasi qulab tushgan. Qayd etilishicha aholiga zarar yetmagan. Sodir bo‘lgan talafot viloyat FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etilgan.
Shuningdek, Samarqand shahrining atmosfera havosida chang g‘ubori kuzatilgan. Shaharda ko‘rinish masofasi 5000 metrgacha qisqargan. Shamol tezligi sekundiga 8 metni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, PM10 mayda dispersli zarrachalarning miqdori 1056,7 mkg/m3 ni tashkil etgan. Bu ruxsat etilgan me’yorlardan (REM) (300 mkg/m3) 2,1 marta yuqori degani.
Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida soat 22:00 dan 23:44 oralig‘ida shamol va chang bo‘roni kuzatilgan. Shamol tezligi sekundiga 13-18 metrni tashkil qilgan.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida ham kuchli shamol kuzatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 23:45 dan boshlab shimoliy-sharq yo‘nalishida sekundiga 19 metr tezlikda shamol esishi kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet 21-22 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli ayrim hududlarda qor ko‘chish xavfi mavjudligi haqida xabar bergandi.
Live
Barchasi