Buxoroda kadastr xodimi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
12 iyul 5838 1 daqiqa
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 5 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlari palatasi G‘ijduvon tumani filiali sho‘’ba bosh mutaxassisi A.I. fuqaro O‘.J.ga “Bobur” MFY hududidagi 5 sotix yer maydoni go‘yoki tuman hokimligi zaxirasida turganligini aytib, ushbu yer maydonini 4 000 AQSH dollari evaziga uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxandaryo viloyati Oltinsoy tumani kadastr xodimi davlat zaxirasidagi yer maydonini 1,1 mlrd so‘mga sotishga kelishib, fuqarodan 300 mln so‘m pora olayotganda ushlangandi.
Live
Barchasi