Buxoroda quyma oltin sotayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
08 avgust 2023
7563Buxoro viloyati Shofirkon tumanida sof quyma oltin bo‘laklarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.R., J.N. va F.O‘. Shofirkon tumani hududida jami 437,3 gramm bo‘lgan 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini fuqarolar R.Sh hamda F.Sh.ga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ular quyma oltin bo‘laklarini umumiy hisobda 7 ming AQSH dollari va 300 mln so‘mga pullamoqchi bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.