Buxoroda qurilishi tugallanmagan bino qulab tushdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 31 oktyabr kuni Buxoro shahrida qurilishi tugallanmagan bino qulab tushdi. Oqibatda ushbu binoda quruvchi bo‘lib ishlayotgan Jondor tumanida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro Ro‘ziyev Kozim tan jarohati olgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha soat 16:03larda Buxoro shahar Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini, T.Farog‘iy ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan 3 qavatli binoning tom qismida qurilish materiallarining vazndan ortiq yuklanishi oqibatida binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) qulagan. Ushbu bino “Kogon Quruvchi montaj” MCHJga qarashli ekanligi aniqlangan.

Ushbu bino qulashi oqibatida jarohatlangan fuqaro viloyat FVB Yong‘in-qutqaruv otryadi tomonidan qutqarilgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga yotqizilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi vaqtda Buxoro viloyati qurilishi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan binoning qulab tushishi bilan bog‘liq o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

351

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing