Buxoroda ishchilarni tuproq bosib qolishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
17 noyabr 2021
6617Avvalroq Buxoroda suv quvurini o‘tkazish vaqtida yer ko‘chishi sabab ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Buxoro viloyati IIB hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, kecha, 16 noyabr kuni soat 15:30 larda Buxoro shahrida joylashgan “61-sonli avtokorxona” MCHJ tomonidan Kogon shahar Do‘stlik mahallasi Do‘stlik ko‘chasi hududida kanalizatsiya quvurlarini qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda, kanalizatsiya quvuri uchun kovlangan o‘lchamlari: 4X5 metr, chuqurligi 4 metr bo‘lgan o‘raning atrofidagi qum uyumi o‘pirilib tushgan. Oqibatda quvur ichida ishlayotgan “61-sonli avtokorxona” MCHJ ishchilari 2000 yilda tug‘ilgan A.N. hamda 1999 yilda tug‘ilgan S.S. lar qum uyumi ostida qolib ketib, havo yetishmasligi oqibatida vafot etgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqqan Buxoro viloyati Ichki ishlar hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Kogon shahar prokuraturasi, viloyat IIB va Kogon shahar IIB mas’ul rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tomonidan holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Jabrlanuvchilarning jasadlari viloyat FVB xodimlari tomonidan qum uyumi ostidan olib chiqilib, sud-tibbiy ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi