Buxoroda ikki kishini tuproq bosib qoldi
3-sahifa
−
16 noyabr 2021 9654 1 daqiqa
Bugun, 16 noyabr kuni Buxoro viloyatida suv quvurlarini yotqizish vaqtida ikki nafar ishchini tuproq va qum bosib qoldi. Qidiruv ishlarida ikki nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat 14:50 da viloyatning Kogon shahri “Do‘stlik” MFY hududida sodir bo‘lgan. “61-Avtokorxona” MCHJ tomonidan oqava suv quvurlarini yotqizish maqsadida yer 5-6 metr chuqurlikda, eni 3 metr oralig‘da kavlangan. 1000 mm. li suv quvurlari yotqizilayotgan vaqtda chuqurning chap tomoni o‘pirilib, ikki nafar ishchini tuproq va qum bosib qolgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan voqea joyida olib borilgan qidiruv ishlarida ikki nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqilgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr