Buxoroda enaga 3 yoshli qizni qizdirilgan buyumlar bilan qiynab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida 3 yoshli go‘dakni temir jismlarni qizdirib tanasiga bosib azoblab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan enaga 6 yilga qamaldi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturi xabar bermoqda. 

Aniqlanishicha, enaga go‘dakni oshxona pichog‘ining dastak qismi bilan o‘rib, do‘pposlab, elektr dazmolini qizitib, oshxona kabgurini olovda qizitib, gugurt donalarini yoqib, shuningdek chekayotgan sigaretalarni qizcha badaning turli sohalariga bosib, jismoniy azoblab kelgan.  Qolaversa, go‘dak tanasining turli sohalariga qo‘li bilan urib kelgan. Ushbu qiynoqlar oqibatida qizcha vafot etgan. 

Enaga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismining "a, v" bandlari, shuningdek 104-moddaning 3-qismi "d" bandi bilan aybli, deb topilib, 6 yilu 4 oyga qamaldi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1041

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing