Buxoroda davlatga 2,5 mlrd zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
3-sahifa
−
02 dekabr 2022
20305Buxoro viloyati Romitan tumanida davlatga 2,5 milliard so‘m zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Kompyuter va texnik qurilmalarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari cho‘l hududda joylashgan boshqa bir MCHJ binosini hamda mahalliy fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponini ijaraga olgan.
U ushbu binolarga mayning qurilmalarini o‘rnatib, qonunga xilof ravishda yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga ulangan.
Tekshiruv davomida jami 9 turdagi 456 dona mayning qurilmalari va boshqa butlovchi elektr jihozlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilishicha, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida mayning ferma tomonidan davlatga 2 mlrd 530 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida noqonuniy mayning ferma ishlatayotgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi