Buxoroda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini urgan o‘qituvchi ishdan ketdi
3-sahifa
−
16 noyabr 2022
6994Buxoroda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini urgan o‘qituvchi o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat Buxoro viloyatida favqulodda vaziyat sifatida baholanib, shu kunning o‘zida viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev rahbarligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Mazkur ZOOM orqali bo‘lib o‘tgan majlisda xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari, maktab direktorlari ishtirok etib, bu voqea keng muhokama qilingan. Shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini oshirish va bunday holatlarning oldini olish borasida qat’iy topshiriqlar berilgan.
Hozirda holat bo‘yicha o‘rganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda maktab o‘qituvchisi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini urgani va hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi