Buxoroda ayol erining o‘ynashini “samosud” qilgani aytildi. IIB izoh berdi
Jamiyat
−
13 mart 2023
15507Ijtimoiy tarmoqlarda ayol erining o‘ynashini tiz cho‘ktirish orqali samosud qilgani aks etgan videorolik tarqaldi. Buxoro IIB holat bo‘yicha munosabat bildirib, voqea o‘tgan yili sodir bo‘lganini va ayolga nisbatan chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, tarmoqlarda tarqalgan videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Qayd etilishicha, tarqalgan video 2022 yilning sentyabr oyida Jondor tumani “Pahlavon” mahallasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan Z.F. tomonidan suratga olingan. Unda Z.F. turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan D.D.ni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, uning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgani tasvirlangan.
Holat fuqaro D.D.ning murojaati asosida o‘sha vaqtning o‘zida tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli tartibda qayd etilgan va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Tekshirish natijasiga ko‘ra, ma’muriy ish hujjatlari mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Tuman sudining 2022 yil 8 noyabr kunidagi qaroriga muvofiq fuqaro Z.F. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, ya’ni 1 200 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi