Buxoroda 40 ming so‘m evaziga uyini fohishaxonaga aylantirgan erkak ushlandi
3-sahifa
−
26 mart 2023
11669Buxoro viloyatida 42 yoshli erkak o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Peshku tumani "Yangi bozor" mahallasida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan erkak o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan.
Jumladan, joriy yilning 6 mart kuni 40 ming so‘m evaziga bir yigit va qizni jinsiy aloqa qilishi uchun uyida sharoit yaratib bergan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida o‘z uyida fohishaxona tashkillashtirib, qo‘shmachilik qilgan 61 yoshli erkak aniqlangandi.
LiveBarchasi