Buxoroda 27 kishiga soxta aviachipta sotgan MCHJ boshlig‘i qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Buxoroda 27 nafar fuqaroga qalbaki aviachiptalar rasmiylashtirib bergan MCHJ rahbari va uning sherigi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, “B.F.” MCHJ rahbari muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun 2 marotaba sudlangan N.M. va I.G. oldindan til biriktirgan. Ular joriy yilning yanvar-fevral oylarida “S.A.” AJ nomidan 27 nafar fuqaroga “Buxoro-Domodedovo” yo‘nalishi bo‘yicha qalbaki aviachipta rasmiylashtirib bergan. 

Buning evaziga esa ular fuqarolarning  jami 52,7 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing