Buxoroda 263 mln so‘mni o‘zlashtirgan sobiq mansabdor ushlandi

Jamiyat

image

263 mln so‘mlik texnikalarni o‘zlashtirgan Buxoro shahar madaniyat bo‘limi sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Buxoro shahar madaniyat bo‘limi sobiq rahbari V.N. va boshqalar madaniyat bo‘limiga tegishli 24 dona, 89,8 mln so‘mlik rangli “LED” ekranlarini belgilangan talablarga zid ravishda hisobdan chiqarganligi hamda viloyat madaniyat boshqarmasidan qabul qilib olingan 173,6 mln so‘mlik “LED” ekranlarini Buxoro shahar madaniyat bo‘limiga topshirmasdan, 263,5 mln so‘mlik davlat mulkini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan V.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing