Buxoroda 1,3 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgan korxona rahbari aniqlandi
Jamiyat
−
13 yanvar 2023
4917Buxoro shahrida 1,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan korxona rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijalariga ko‘ra, oilaviy korxona rahbari F.G. hududiy tijorat banki filialining sobiq mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirgani aniqlangan. Ular korxonaga qo‘shimcha bino qurish uchun yana 900 mln so‘m kredit ajratilishiga erishadi. Buning uchun esa 2019 yilda ajratilgan kreditga garovga qo‘yilgan mehmonxona binosini qayta garovga qo‘yadi va uning narxini sun’iy ravishda qimmat baholatib, bank filialining jami 1,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtiradi va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qiladi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 192-11 moddasi (nodavlat tashkilotda mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda yer olib berishni va’da qilgan uy-joy kommunal xo‘jaligi iqtisodchisi qo‘lga olinganligi haqida xabar bergan edik.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi