Andijonda yer olib berishni va’da qilgan iqtisodchi ushlandi 

3-sahifa

image

Andijonda yer olib berishni va’da qilgan uy-joy kommunal xo‘jaligi iqtisodchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Andijon viloyati uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzuridagi ishlab chiqarish boshqarmasi iqtisodchisi M.K. fuqaro J.M.ga qurilishi tugallanmagan binoning 4 sotix yer maydonini onlayn-auksion orqali olib berishni hamda kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilgan. U evaziga 20 ming AQSH dollarini talab qilgan.

Fuqaro M.K. ushbu pullar hisobidan 400 dollarni Xo‘jaobod tumanidagi avtomobil bozori yonida qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Farg‘onada kredit olib berishni va’da qilgan soxta bank xodimi ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing