Buxoroda hokimlik zaxirasidagi yerni 8 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati Buxoro tumanida zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.H. fuqarolar J. va B.ning ishonchiga kirib, ularga Buxoro tumani “Foshun” MFYdagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 8 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini olish faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn auksion orqali amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing