Buxoro viloyati SSB boshlig‘i zarchopon bilan ishdan olinib, o‘rniga yangisi tayinlandi
Jamiyat
−
11 iyul 2021
153492020 yil oktyabr oyida Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan G‘afur Saidov salomatligi tufayli o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda boshqarma Axborot xizmati xabar bermoqda. Bu haqda viloyat SSB majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Mirali Hamroyev O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘ini o‘qib, rasman ma’lum qildi.
Buyruqqa asosan, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Asqar Bahronov tayinlandi.
Xalq deputatlari viloyat kengashining deputati G‘afur Saidov Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro filialining direktori vazifasiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, G‘afur Saidov bu lavozimda boshqarma boshlig‘i vazifasiga kelgunga qadar ham ishlab kelgan edi.
LiveBarchasi