Buxoro viloyati hokimi koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Avvalroq Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi. Zaripov koronavirusdan sog‘ayib, ish jarayoniga qaytdi

O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi Raisi Volkan Bozkir boshchiligidagi delegatsiya vakillari kecha, 7 iyul kuni Buxoroga kelgan. Mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi viloyat mutasaddilari kutib olgan.

Hokim Zaripov Toshkentda davolanayotgan edi. Shuningdek, kasallik unda yengil o‘tayotgani ma’lum qilingandi. Viloyat rahbari fuqarolar bilan uchrashuvda virus yuqtirgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Buxoro viloyatining avvalgi hokimi Karim Kamolov o‘tgan yilning 22 avgust kuni koronavirus infeksiyasidan vafot etgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev ham o‘tgan yilning 20 sentyabr kuni koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgandi. Barnoyev 2016 yil dekabridan 2020 yil 28 fevraligacha Buxoro viloyatiga hokimi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing